logo
. . .


Xabaringiz bor, shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida “Milliy armiyamiz — matonat va sharafli burch” shiori ostida “Armiya va yoshlar” festivali o‘tkazilmoqda.

Xuddi shu festival Sirdaryo viloyatida tantanali ruhda tashkil etildi. Unda harbiy qurollar ko‘rgazmasi, mard va jasur harbiy yigitlarning chiqishlari yoshlar qalbida yana bir bor vatanga sadoqat, sharafli kasbga muhabbat tuyg‘usini shakllantirdi.

Sirdaryoda tashkil qilingan “Armiya va yoshlar” festivali doirasida ko‘rgazmaga qo‘yilgan harbiy texnika va qurol-yarog‘dan yaqindan tanishish va ular to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyati yoshlar uchun yaratib berildi.

Festival doirasida Guliston ko‘chalari bo‘ylab harbiy karvon texnikalarning yurishi bo‘lib o‘tdi.

Harbiy vatanparvarlik oyligi doirasidagi festival soha xizmatchilari uchun ham chinakam bayramga aylandi.

Guliston shahrida joylashgan barcha qulayliklarga ega yangi uylar ham bir guruh harbiylarga tantanali topshirildi.

Sarhadlarimiz daxlsizligi, yurt tinchligini ko‘z qorachig‘idek asraydigan harbiy vatanparvarlarimiz bor ekan — osmonimiz musaffo, ko‘nglimiz xotirjamdir.



Ulashing:

E'lon