logo
. . .


Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimini tubdan yaxshilash boʻyicha boshlangan tashabbusni qoʻllab-quvvatlash maqsadida barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga 5-sentabr kuni oʻzlari oʻqigan maktabga borib, yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishlarini soʻrab murojaat qilgan edi.

Barcha erishilgan yutuqlarining asosiy poydevorini maktabda olgan  Sirdaryo viloyatidagi rahbarlar, taniqli tadbirkorlar, deputatlar ham koʻplab maktablarga borib, oʻquvchi-yoshlarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi.

Shu kuni viloyatimiz hokimi Gʻafurjon Mirzayev Xovos tumanidagi 9-maktabga tashrif buyurib, oʻquvchi yoshlar bilan suhbatlashdi. Shirindan-shakar bolajonlar tomonidan aytilgan sheʼr, kuylangan qoʻshiq va ijro etilgan raqslar nafaqat viloyat hokimining, balki butun vohamizning eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Eng quvonarlisi, viloyat hokimining ikki nafar bolajonlarni koʻtarib, birinchi qoʻngʻiroqni oʻzlari chalishga koʻmaklashgani esa oʻquvchilarga oʻzgacha motivatsiya berdi, koʻzlarida kelajakka ishonch nurlari porladi.

Shundan soʻng, G'. Mirzayev Guliston davlat universiteti talabalari bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan berilgan imtiyozli yo'llanma  bilan oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilingan Lobar Boltaboyeva, imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, barcha yoshlarga tashabbuskorligi bilan oʻrnak boʻlayotgan Adham Joʻrayev, Indoneziya davlatida oʻtkazilgan XVIII Osiyo oʻyinlarida akademik eshkak eshish sport turi boʻyicha kumush medali sovrindori, Guliston davlat universiteti ikkinchi bosqich talabasi Alisher Yarovlar nutq soʻzlashdi.

 



Ulashing:

E'lon