logo
. . .


 

Yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi bir kunda 10lab yoshlar muammolarini hal qilmoqda...

Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan naql bor. Darhaqiqat, Sardoba tumanidagi “Birlashgan” MFYda istiqomat qilayotgan N. ismli kollej o‘quvchisining bilib-bilmay sodir yetgan jinoyati barcha mahalla faollarini, mutasaddi tashkilotlar vakillarini befarq qoldirmadi.

Ayniqsa, ochiq muhokamada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov holatni sud jarayoniga olib chiqmasdan, o‘quvchini faol ijtimoiy hayotga qaytarish taklifini o‘rtaga tashladi.

Yigitchaning bilib-bilmay qilgan ishi kelajagiga to‘siq bo‘lmasligi, “sudlangan” degan nomni ko‘tarib yurmasligi uchun hozir chora ko‘rish lozimligini bildirdi.

Yoshlar yetakchisining taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

4-yanvar kuni o‘tkazigan ochiq muhokamada viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, Sardoba tuman hokimi ishtirok etdi.

—O‘z qilmishimdan qattiq pushaymonman,—deydi N.ismli o‘quvchi. — Jamiyatimizda olib borilayotgan islohotlarda o‘zimning hissamni qo‘shishga va’da beraman. Menga bildirgan ishonchni oqlashga ona xalqim oldida va’da beraman. Yoshlar ittifoqiga rahmat.

O‘quvchi bilan suhbat jarayonida uning tadbirkorlik sohasiga qiziqishi ma’lum bo‘ldi. Yigitcha faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Sh.Zayniddinov imtiyozli kredit olib berishga va’da berdi.

Aminmizki, katta hayot ostonasida turgan o‘quvchining kelajagiga bildirilgan ishonch — halol yashab, halol mehnat qilishiga turtki bo‘ldi.

Viloyat Kengashining amaliy ishlari davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon