logo
. . .


Bugun Sirdaryo viloyati prokuraturasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati prokurori hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi ishtirok etdi.

Yig‘ilishning dastlabki qismida Sirdaryo viloyati prokuraturasida boshlang‘ich tashkilot ochish va unga munosib yoshlar yetakchisini saylash masalasi qo‘yildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan boshlang‘ich tashkilot ochish taklifini qo‘llab-quvvatlashdi.

Ikki tashkilot o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyat prokuraturasidagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qo‘shma qaror imzolandi.

So‘ngra yosh prokurorlar o‘zlari uchun munosib yoshlar yetakchisini saylab olishdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Doston To‘ychiyev Sirdaryo viloyati prokuraturasidagi boshlang‘ich tashkilotning Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Yig‘ilish so‘nggida yangi saylangan yoshlar yetakchisiga Sirdaryo viloyati Kengashi raisi tomonidan Boshlang‘ich tashkilot ochilganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma tantanali tarzda taqdim etildi.



Ulashing:

E'lon