logo
. . .


 

Yoxud o'z bobosini tunagan nabiraning "doiradan tashqari"da qolgan taqdiri haqida...

Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 20-noyabr kuni Ishtixon tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi Muslim qishlog‘ida yashovchi Safar Tursunqulovning uyidan bir bosh qoramol o‘g‘irlandi.

Ushbu jinoyatni 1997-yilda Oqdaryo tumanida tug‘ilgan fuqaro, Shaxzod Xudoyberdiyev sodir etganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Ishtixon tumanidagi Muslim qishlog‘ida yashovchi mahalla faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Eng achinarlisi, Oqdaryo tumani “So‘g‘onchi” mahallasida yashovchi Sh.Xudoyberdiyev yarim yetim bo‘lib, Safar Tursunqulovning tug‘ishgan nabirasi bo‘lib chiqdi.

Surishtiruv jarayonida Sh.Xudoyberdiyev yashab turgan xonadonda oilaviy muhit yaxshi bo‘lmagan. U mahalla faollari, keng jamoatchilik, tahsil olayotgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va Yoshlar ittifoqining mas’ullari tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

Buning natijasida, kunora ushbu yosh bobosining xonadoniga borib-kelib turgan. 20-noyabr kuni tunggi vaqtda bobosi Toshkent shahriga ketganligidan foydalanib, molxonada bog‘langan holda turgan bir bosh qoramolni o‘g‘irlagan.

Holat yuzasidan S.Tursunqulov tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi va tezkor tadbirlarda aybdor ushlanadi. S.Tursunqulov o‘g‘irlikni sodir etgan o‘zining nabirasi bo‘lib chiqqanligidan xabar topib, arizani qaytarib oladi.

Biroq, qonunbuzar - qonun oldida baribir javob beradi.

Sh.Xudoyberdiyev istiqomat qilgan mahalla fuqarolar yig‘inida muhokamalar davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon