logo
. . .


Tadbirkor bo‘lish istagidagi yoshlar uchun yaxshi yangilik!

Yurtimizning ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlari siz uchun mahorat darslari o‘tishadi. Tadbirkorlardan mahorat darslari qaysi yo‘nalishlarda bo‘lishini so‘radik. Marhamat, tanishing:

Murod Nazarov, “Murad buildings” asoschisi: “Tadbirkor bo‘lmoqchimisiz? O‘z ishingizni yo‘lga qo‘yishni istaysizmi? Unda diqqat qiling!”

Husan Mamasaidov, “Deli” kompaniyasi asoschisi: “Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Global tadbirkorlik tarmog‘i esa, bu borada imkoniyatlardan unumli foydalanib, biznesni yuritishda 160 dan ortiq davlatlar tajribasini o‘rganishingizga yordam beradi”.

Hasan Mamasaidov, “Dekos” kompaniyasi asoschisi: “Global tadbirkorlik haftaligi shu biznes ekotizimining barcha ishtirokchilarini o‘z atrofida jamlaydi.

Hikmat Abdurahmonov, “Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi” raisi: “Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi global tadbirkorlik tarmog‘ining O‘zbekistondagi vakili, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu loyiha sizning maqsadingizga yetishingizda muhim omil bo‘lishi shubhasiz”.

Botir Arifjanov, “Paynet”, “Lebazar” kompaniyalari asoschisi: “Yodda tuting, ushbu loyiha doirasida tadbirkorlikka taalluqli mahorat darslari, taqdimot va seminarlar amalga oshiriladi”.

Akmal Payziyev,“MyTaxi” kompaniyasi asoschisi: “Biz global tadbirkorlik tarmog‘I orqali biznesini boshlayotgan yangi tadbirkorlarni yangi texnologiyalar va ishlanmalar bilan tanishtiramiz”.

“Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mahorat darslari qayerda bo‘lib o‘tadi?

6 - avgust Namangan shahrining Yoshlar markazi binosida;

7- avgust Qo‘qon shahridagi Tadbirkorlar markazi binosida;

8-avgust Andijon shahrida viloyat Qo‘g‘irchoq teatri binosida, soat 16:30 da.



Ulashing:

E'lon