logo
. . .


Xorijdan qaytib kelgan yoshlar (mehnat muhojirlari)ning ijtimoiy kayfiyati, oilaviy ahvoli va muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlash maqsadida 18-22-noyabr kunlari Andijon viloyati, Bo‘z tumanida viloyat va tumandagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan Ishchi guruh a’zolari xonadonma-xonadon yurib fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi.

2017-yil 19-noyabr kuni Bo‘z tumani hokimligi majlislar zalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri U.Radjabov, Andijon viloyati Kengashi raisi N.Yusupov, Bo‘z tumani hokimi A.Mamirov, tuman IIB bo‘limi boshlig‘i B.Axmedovlar boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tumandagi tashkilot va idoralar vakillari hamda mahalla faollari jalb etildi. Bandlikka ko‘maklashish markazi, tuman savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, ichki ishlar bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va mutasaddi tashkilot mas’ul xodimlarga masalaning mazmun-mohiyati tushuntirilib, tuman mas’ullaridan iborat kichik guruhlar tuzilgan holda mahallalarga biriktirildi. Kundalik ish tartibi belgilab olindi.

Bo‘z tumanida 2017-yil davomida chetdan qaytganlar soni jami 185 nafar bo‘lib, shundan 129 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni tashkil etdi. Kichik guruhlar tomonidan barcha mahallalarda xorijdan qaytgan yoshlarning xonadoniga borib, o‘zi va oila a’zolari bilan suhbatlashildi, oilaviy sharoiti, kelgusidagi rejalari bilan tanishilib, ularning ijtimoiy ahvolidan kelib chiqgan holda belgilangan yo‘nalishlarda bandlik ta'minlandi.

Ishlash istagida bo‘lgan 46 nafar yoshlar tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ("Suvoqova" DUK tuman filiali, maktabgacha ta’lim muassasasi, "Toza hudud" DUK tuman filiali, Sug‘urta agentligi, “Anteks” MCHJ hamda obodonlashtirish boshqarmalariga)ga ishga joylashtirildi.

O‘tkazilgan suhbatlar davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 24 nafar yoshga esa (qoramol, parrandachilik, bog‘dorchilik va limonariya yetishtirish uchun) imtiyozli kreditlar ajratish maqsadida “Xalq” bank ATB hamda “Agrobank” tuman filiallari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari boshlandi.

Xorijga qaytib ketish istagida bo‘lgan 27 nafar yoshlarga mavjud qonunchilik va tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ko‘magi haqida to‘liq tushuncha berilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Тayyorlov markazi"da o‘qish uchun taklif etildi.

Bundan tashqari 16 nafar yoshlar xorijdan qaytib kelgandan so‘ng duradgorchilik, haydovchilik, payvandchilik, sartaroshlik, chakana savdo va hokazolar..bilan boshlaganligi sababli, ishchi guruh taklifini keyinchalik o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi.

10 nafar yoshlar bilan suhbatlashilganda, hozirda xorijda ketish yoki ketmasligi masalasida ikkalanish holati sezildi. 6 nafar yosh esa xorijga chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi.

Bo‘z tumanida xorijdan qaytib kelgan yoshlarning bandligini ta’minlash masalasida amalga oshirilgan ushbu tajriba o‘zini oqladi. Yoshlar ittifoqi keyinchalik Respublikaning barcha tuman va shaharlarida ham o‘rganishlar olib borib, yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

 

 

 

 



Ulashing:

E'lon