logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan yil davomida “Yetakchi faoliyatiga bir nazar” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Tashabbuskor, izlanuvchan, yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan hamda faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan boshlang‘ich tashkilot yetakchilari haqida yoritilib borilmoqda.

Bugungi loyiha ishtirokchisi 2016-yildan boshlab 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritib kelayotgan Jamila Isamova.

Ta’lim maskanida 1265 nafar o‘quvchi bo‘lib, ta’lim tili rus tilidir. Uyda ta’lim oluvchi yoshlar esa 9 nafarni tashkil etadi. Ular ham e’tibordan, ta’limdan chetda qolmagan.

Yoshlar yetakchisi tomonidan “Tarbiyaning yangi usuli” tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim tizimining qonun-qoidalariga rioya qilmagan o‘quvchilarga tanbeh berilmay, ularga vazifa sifatida bir badiiy adabiyot o‘qish tavsiya etiladi hamda boshqa ta’lim muassasalarida kuzatilmagan bir holat diqqatimizni tortdi. Bu ham bo‘lsa “jazolangan” o‘quvchilar mehnatsevarlikka o‘rgatish maqsadida yoshlar yetakchisi va sardorlar tomonidan yaratilgan “Innovatsion bog‘”ni obodonlashtirishda o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Yoshlar yetakchisi xonasiga kirar ekanmiz, barcha sharoitlar yaratilgan hamda yo‘nalish sardorlari bilan loyiha va tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, har hafta maktabning gazetasi nashr etilib, unda namuna bo‘layotgan tengdoshlari hayoti, yoshlar ittifoqining dastur va vazifalari, O‘zbekiston va dunyoda ruy berayotgan voqea-hodisalar haqida yoritilib kelinmoqda.

Bugungi kunda yoshlar yetakchisi talabchan,tashabbuskor va albatta fidoyi bo‘lsagina, yoshlar ortidan ergashadi. Zero yaratilgan imkoniyatldardan unumli foydalanish lozim.



Ulashing:

E'lon