logo
. . .


2018-yilning 8-19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo‘yidagi Festivallar va kongresslar saroyida taqdim etiluvchi pavilon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkillashtirildi.

Pavilon qatnashchilari kino bozorida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatimizning boy kino imkoniyatlarini namoyish etishadi.

Shuningdek, xorijliklar respublikamizning madaniy va ma’naviy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtiriladi.

Yana bir ma’lumot: 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, shu yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan “PROlogue” taqdimoti ham o‘tkaziladi.



Ulashing:

E'lon