logo
. . .


Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Iftixor” jamoasi uchun tarixiy kun bo‘ldi. 

“Iftixor” futbol klubi prezidenti Qahramon Quronboyev jamoa qarorgohi joylashgan Oltiariq tumaniga tashrif buyurib, “Iftixor” futbol klubining stadioni va bazasi, tumanning so'lim go‘shasida klub tomonidan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan sport-sog‘lomlashtirish bazasi bilan tanishdi.

Shuningdek, Qahramon Qo‘chqorovich klub qarorgohida “Iftixor” futbolchi va murabbiylari bilan uchrashib yaqindan suhbatlashdi.

 - Yurtimizda sportga, xususan, futbolga katta e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Boisi, mamlakatimizda “millionlar o‘yini”ga ishqiboz bo‘lganlar soni juda bisyor va ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil etadi, deb gap boshladi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi. – Mana bir necha oy oldin O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, tarixiy voqeani qayd etdi. 

Chempionlarimizni kutib olgan chiqqan odamlarni ko'rib shu narsaga amin bo‘ldimki, jannatmakon diyorimizda futbolga qiziquvchilar nihoyatda ko‘p ekan.

 Shuning uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “Iftixor” futbol jamoasini tashkil etishga qaror qildik. 

Ochig‘ini aytish kerak, sizlardan umidimiz katta. Yoshlar Ittifoqi qoshidagi futbol jamoasi hali bo‘lmagan. Biz birinchi bo‘lib bunga qo‘l urdik. Sizlar O‘zbekiston yoshlari nimalarga qodir ekanligini natija bilan ko‘rsatishlaring lozim. Zero, yurtboshimizning o‘zlari Siz kabi yoshlarga qarata “Marrani baland oling, ertangi kun Siz kabi yoshlarniki”,- deya chorlamoqdalar. Bu chorlovga sizlar o‘z mehnatlaringiz bilan javob berishlaringizga ishonaman. Biz O‘z oldimizga hamisha yuqori maqsadlarni qo'yib kelganmiz. Bu safar ham shunday bo‘ladi. “Iftixor” jamoasi keyingi yili Superligada ishtirok etishi darkor. Sizlarga bu borada omad tilayman, - dedi “Iftixor” futbol klubi Prezidenti Qahramon Quronboyev.

Uchrashuv chog‘ida Qahramon Quronboyev futbolchilarga yetarli sharoitlar yaratib berilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.



Ulashing:

E'lon