logo
. . .


Yozgi ta’til davomida mamlakatimizdagi yoshlar markazlarida yoshlar uchun  chet tili (ingliz, rus, koreys), ijodiy yo‘nalishlar, kasb-hunarga o‘rgatish va sport yo’nalishida 54 xildagi to‘garaklarga bepul tashkil etiladi.

Dars mashg’ulotlarida qatnashish istagida bo’lgan 10 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan yoshlar o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi “Yoshlar markazi”ga murojaat qilishlari mumkin.

Har bir guruhda 20 nafar yoshga malakali va tajribali ustozlar saboq berishadi.

Imkoniyati cheklangan yoshlar uchun hududiy bo‘linmalarda sayyor to‘garaklar ham tashkil etilgan. To‘garakdagi dars mashg‘ulotlari har kuni 9:00 dan 18:00 gacha davom etadi.

Respublika yoshlar markazi rasmiy sayti: uzrym.uz

Ishonch telefonlari (99) 863-41-07



Ulashing:

E'lon