logo
. . .


Yosh fermerlarning Turkiyada malaka oshirishi bo'yicha kelishuvga erishildi!

O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi va TIKA vakillari uchrashdi.

Unda tomonlar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yosh fermerlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha ijobiy kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, endi Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligining alternativ energiya manbalari yordamida sug‘orish tizimlarini rivojlantirish dasturi yosh fermerlar faoliyatida joriy etiladi.

Ushbu innovatsion loyiha quyosh energiyasidan foydalanib, yerning tabiiy landshaft joylashuvi tufayli suv chiqishi qiyin bo‘lgan maydonlarni sug‘orish imkoniyatini beradi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi tomonidan faoliyati davomida sug‘orish ishlarida jiddiy muammolarga duch kelayotgan yosh fermerlar faoliyati o‘rganib chiqilgan holda hamkorlarga tavsiya etiladi.

Uchrashuvda shuningdek yosh fermerlar faoliyatida asalarichilikni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qancha loyihalar ilgari surilgan.

Loyihalarga ko‘ra, ikki tomonning kelishuvi asosida yosh fermerlarga Turkiyadan ona asalarilar hamda asalari ko‘paytirishda kerak bo‘ladigan texnologiyalar yetkazib beriladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun respublikamizning faol yosh fermerlari Turkiyada malaka oshirib qaytishlari ham rejalashtirildi.



Ulashing:

E'lon