logo
. . .


Joriy yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Yoshlar press-klubi” zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilot vakillari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida kun tartibida belgilangan qator masalalar ko‘rib chiqildi.

2018 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligi, shuningdek, Andijon viloyatining Paxtaobod va Farg‘ona viloyatining Rishton tumanlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranbayev ma’ruza qildi.

Navbatdagi ma’ruza – “Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turi qo‘llanilgan yoshlar bilan amalga oshirilayetgan ishlar” to‘g‘risida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari O.Tadjiyev ma’lumot berdi.

Shu bilan birga “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish va jonlantirish safarbarligi yakunlari to‘g‘risida” O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining o‘rinbosari M.Zufarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining undagi ishtirok darajasi, shuningdek, sohada kuzatilayotgan kamchiliklar hamda ularning to‘g‘ri yechimi xususida ochiq-oydin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi videoselektr davomida barcha hududiy kengashlar hamda boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatiga tanqidiy-tahliliy munosabat bildirilib, bir qancha muhim vazifalar topshirildi. Qahramon Quranbayev Surhondaryo viloyatining yoshlar ittifoqi tashkiloti faoliyatiga iliq fikrlar bilan o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bundan tashqari ularning ishlash tizimini qolgan hududlarga ham namuna bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Jumladan, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi, mahallalar kesimida uyushmagan yoshlarning jinoyat sodir etishiga moyil, tarbiyasi og‘ir qatlamning ro‘yhatini shakllantirish va ular bilan individual ishlashning bugungi kun talabiga mos tizimni joriy qilish maqsadga muvofiq deb sanaldi. Jinoyatchilikka moyilligi mavjud yoshlarni mahallalardagi nuroniylarga, tegishli hududdagi harbiy qism ofitserlariga yoki Yoshlar ittifoqi yetakchilariga biriktirish orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldi olinadi. Bu harakat orqali tizimda samaradorlikka erishishilishi alohida qayd etildi. Bundan tashqari hokimlik mas’ulligidagi Ichki ishlar va Mahalla Kengashi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda har bir hududda “Jinoyatdan holi hudud” konsepsiyasi asosida Yoshlar yetakchilari, mahalla posbonlari, mahalladagi harbiy xizmatdan qaytgan ko‘ngilli yoshlar, sportchilar va Yoshlar ittifoi “Ta’lim granti” asosida tahsil olayotgan yoshlardan iborat jamoatchilik tartibini saqlash guruhlarini tashkil qilinishi kerakligi aytildi. Shuningdek, endi har yili barcha o‘quv dargohlarida “San’at g‘unchalari” festivali o‘tkazilishi rejalashtirildi. Mazkur festival qo‘shiqchilik, musiqa hamda teatr yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shag‘ar hokimlarning hamda tuman (shahar) hokimlarning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari, ularning o‘rinbosarlari, mahalliy kengash raislari, hududiy IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy va tuman (shahar) kengashlari raislarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Yuqorida kun tartibidagi tegishli masalalar bo‘yicha yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan axborot berildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi videoselekr qatnashchilari uchun dolzarb masalalar muhokamalariga doir muhim vazifalar, taklif va tavsiyalar belgilab berildi.

Shahnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon