logo
. . .


Xabaringiz bor, yosh tadbirkor va fermerlarni, shuningdek, mazkur sohalarga qiziqishi bor yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ittifoqi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, kuni-kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Urgut tuman Kengashi tashabbusi bilan tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yoshlarni tomorqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va tadbirkorlikka oid amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida noan’anaviy dars tashkil etildi.

 

Shuningdek, “Tomorqam – mening foydam” shiori ostida 80 nafar maktab va kollej o‘quvchisini shaxsiy tomorqasidan yaxshigina daromad topayotgan odamlar xonadoniga olib borildi.

Mazkur tadbir davomida yoshlarga yerga urug‘ sochishdan tortib, hosil yig‘ib olishgacha bo‘lgan jarayonlar o‘rgatildi.

Sohaga qiziqa boshlagan yoshlar ko‘proq savol berib, o‘zlari uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

– Mazkur tadbir jarayonida bir qarich yerdan ham unumli foydalanish va ro‘zg‘orga kerakli mahsulotlar yetishtirishni o‘rgandik. Men ham endi oilaviy tomorqamizga boshqacha mehr qo‘ymoqchiman. Astoydil mehnat qilaman. Buning uchun olgan nazariy va amaliy bilimlarimga suyanaman, – deydi N.Qobilov.

Yoshlar bir olam taassurot va aniq maqsadlar bilan qaytishdi.

Amaliy ishlar davom etadi...



Ulashing:

E'lon