logo
. . .


To‘rtko‘l tumanida faoliyat olib borayotgan faol yosh tadbirkor va hunarmandlar hamda kollej bitiruvchilarining muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida tuman hokimi Ne’matilla Matkarimovich yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yosh tadbirkor, hunarmandlar, yoshlar ittifoqining tuman Kengashi a’zolari, hamkor tashkilot a’zolari, kollej bitiruvchilari hamda faol yoshlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tumandagi yoshlar o‘zlarining muammoli masalalari bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qilishdi. Yoshlar tomonidan bildirilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi hamda bir qancha muammolar shu joyning o‘zida hal qilindi.

Farrux Rajabboyevning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun hamda Asadbek Shodiyevning sartaroshxona ochish uchun so‘ragan kreditlarini kam foizli miqdorda ajratish uchun tijorat banklari tuman bo‘limlari raislariga topshiriqlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.



Ulashing:

E'lon