logo
. . .


To‘rtko‘l tumanida hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hokim Ne’matulla Xudaybergenov tumanda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va yoshlar ma’naviyatini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Namangan viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi Ziyovuddin Mansurni taklif qildi.

Shundan so‘ng, hokim Prezidentimizning 22-dekabrdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyati bo‘yicha ma'ruza qilib, yoshlarning savollariga javob berdi.

Jumladan, yosh tadbirkor To‘xtabayev Hasanboy mevalarni quritish va ularni eksportga tayyorlash uskunasini olib kelgani va uning tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer uchastkasi muammo bo'layotganini aytib o‘tdi. Hokim yosh tadbirkorning muammosini joyida hal qilib, tegishli rahbarlarga topshiriq berdi

Shuningdek, yoshlarning bir qator muammolarini bartaraf etish nazoratga olindi.



Ulashing:

E'lon