logo
. . .


Faoliyatingiz o‘zingizni qoniqtiryaptimi?

Mehnat faoliyatidagi eng muhim jihat — insonning o‘z-o‘ziga bergan bahosi va talabchanligidir. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ishlayotgan xodimlarchi? O‘z-o‘ziga baho berganda, faoliyatidan qoniqish hosil qilyaptimi?

Xuddi shu savol bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Denov tuman Kengashi raisiga murojaat qildik:

— O‘z ishidan, harakatidan qoniqqan inson rivojlanishdan to‘xtaydi, nazarimda. Bugunga qadar tumanda 28 nafar profilaktik hisobda turuvchi voyaga yetmagan yosh bor. Tumandagi Yoshlar yetakchisi sifatida bu ko‘rsatkich mening eng og‘riqli nuqtam. Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari sabab 10 nafar yoshni profilaktik hisobdan chiqarishga erishdik. Bu natija ham meni qoniqtirmaydi. Hozir bor e’tiborimni profilaktik hisobda turgan, tarbiyasi og‘ib bolalarga qaratganman. Ularning har biri bilan alohida suhbatlashyapman. Axir har bir bola o‘zga olam. Deylik, bugun Yurchi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan 2 nafar xuddi shunday bolalar bilan samimiy muloqot qildim. Ulardan biri matematika va fizika faniga qiziqarkan. Ikkinchisi esa kurash sport turiga havasmand. Har ikkalasi ham qiziqishi bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilindi, — deydi Ittifoqning Denov tuman Kengashi raisi M.Normurodov.

Denov Yoshlar yetakchisining ta’kidlashicha, tumanda bitta ham profilaktik hisobda turgan yosh bo‘lmasligi kerak. Ana shundagina o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlardan biriga yetgan, o‘z ishidan biroz bo‘lsa-da qoniqish hosil qilishi ma’lum qildi.

Sizchi, tumanlarimizdagi Yoshlar yetakchilari, har daqiqalik faoliyatingiz o‘zingizni qoniqtiryaptimi?

Javoblaringiz va amaliy ishlaringizni kutamiz!



Ulashing:

E'lon