logo
. . .


Hazorasp tuman markazidan 300 km uzoqlikda bo'lgan Tuproqqal'a massivida bayram oldi tadbirlar davom etmoqda.

— Quyosh Tuproqqal'adan chiqsa kerak. Yoshlari ham ana shu quyoshga o'xshaydi. Qalbi jo'shqin, fikri tiniq, — dedi Yoshlar yetakchisi tabrik so'zida.

Haftalik doirasida turli viktorinalar, rasmlar tanlovi, ot poygasi, kurash musobaqalari o'tkazilishi kutilmoqda.

Tuproqqal'alik yoshlar uchun vohaning sevimli yosh san'atkorlari Jo'shqin Jonibekov, Kamronbek Soburov va Farrux Komilovlar ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Navro'z umumxalq bayrami oldidan tashkil etilgan ushbu haftalik doirasida milliy sportimiz bo'lmish kurash musobaqalari o'tkazish ham rejalashtirilgan edi.

Tuproqqal'alik yoshlar kurash o'yinlarida ancha ilg'or chiqishdi. Turli yosh toifalarida kurash tushayotgan navqiron yoshlar har qanday nuroniyning zavqini keltiradi.

- Kurashda tuproqqal'alik yoshlarga bas kelolmasam kerak. Tumanning chekka qishlog'ida yashovchi bu yoshlarda shijoat bisyor. Ayniqsa, sportga nisbatan muhabbat ularning qonida bor deya bemalol ayta olishimiz mumkin, — dedi xonanda Kamronbek Soburov.

Hazorasp tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu kurash musobaqasi so'nggida ishtirokchilar sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

"Yoshlar haftaligi" davom etadi...



Ulashing:

E'lon