logo
. . .


Bugungi kunda yoshlar yetakchilari qanday loyihalarni amalga oshirishi lozim?

2018-yilda o‘quvchi-yoshlarni kutayotgan yangi loyihalar qaysi maqsadlarga xizmat qiladi?

Shu kabi savollarga kuni-kecha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da o‘tkazilgan Respublika o‘quv-seminarida batafsil javob berildi.

Seminarda barcha hududlardan tashrif buyurgan 200 nafardan ortiq Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Ularning 4 oy davomida o‘rtangan tajribalari sinovdan o‘tkazildi.

Trenerlar yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos mexanizmlariga bag‘ishlangan turli mashg‘ulotlarni yangi texnologiyalar asosida olib borishdi.

Ushbu seminar o‘z navbatida Yoshlar yetakchilarining kelgusidagi rejalarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashishi va tajriba almashishi uchun ham ahamiyatli bo‘ldi.



Ulashing:

E'lon