logo
. . .


2018-yilning 27-yanvar kuni Toshkent shahar ochiq sayyor sud majlisida Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Sherzod Fayziyevning jinoyat ishi ko‘rildi.

1993-yilda tug‘ilgan navoiylik Sherzod Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismining “b” bandida ko‘rsatilgan ayblarni sodir etgan.

Sud jarayonida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Yoshlar yetakchisi Mirdodojon Babayev ham jamoatchilik vakili sifatida ishtirok etdi va Sherzod Fayziyevga tavsiyanoma va kafillik berdi.

Natijada sud Sherzod Fayziyevni Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etdi.

Bu voqeadan ta’sirlangan Sherzod hayotga qaytadan kelgandek bo‘ldi. Har so‘zida Prezidentga, og‘ir kunda suyagan Yoshlar tashkilotiga tashakkurlar aytmoqda. A’lo baholarga o‘qib, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga va’da berdi.

Barakalla, bugun Yetakchi bir do'stining taqdirida qora sahifa ochilishiga yo‘l qo‘ymadi!



Ulashing:

E'lon