logo
. . .


Voyaga yetmagan yoshlar chilimxonada... Ota-onalar esa har doimgidek xotirjam!

Haqiqatan ham bugungi kunda ba’zi ota-onalar ushbu masalani o’ylab ko'rishi zarur.

Tunda sayoq yurgan yoshlar ham kimningdir farzandi, ularning ham ota-onasi yoki nazorat qilib turuvchi yaqinlari bor.

Lekin negadir ular o’z farzandlarining kechgi payt qayoqga ketayotgani, nima ish bilan bandligi haqida xabardor emas...

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax shahar Kengashi hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Jizzax shahar idoralararo komissiyasi, IIB xodimlari bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi mavjud umumiy ovqatlanish joylari, tungi klublarda o’tkazilgan reydlar natijasida kechasi ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning kuzatuvisiz bemaqsad yurgan voyaga yetmagan yoshlarning borligi aniqlandi.

Afsuski, ularning orasida qizlarning ham borligi ta’bimizni xira qildi.

Eng achinarlisi, mazkur voyaga yetmagan yoshlar o’tirgan stol yonida chilim uchun mo’ljallangan anjomlarning borligi bizni xavotirga soldi.

Voqea yuzasidan yoshlar, ota-onalarga tushuntirish berish ishlari olib borilmoqda.



Ulashing:

E'lon