logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xatirchi tuman Kengashi tashabbusi bilan “Fidoyi yoshlar otryadi” tashkil etilib, 40 nafar vaqtincha ishsiz yoshlar “Zarafshon” mahallasidagi qurilish, bunyodkorlik ishlariga jalb qilindi!

— Bugun biz Rahimovlar xonadonida fundament-beton quyish ishlarini olib bordik. Tengdoshlarim bilan mahallamda yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ko‘mak berayotganimdan xursandman. Ko‘plab xonadonlarning tomorqalarida issiqxona tashkil etishda ham ko‘maklashdik. Hozircha ishsizman, yaqin orada o'zimga munosib ish joyiga ega bo'lishga ishonaman,— deydi Ilyosjon Ikromov.

Qolaversa, hududdagi vaqtincha ishsiz yoshlar sport musobaqalariga ham jalb etilmoqda.

Futbol musobaqalari doirasida 20 ga yaqin mahalladan 300 nafardan ortiq yoshlar o'zaro kuch sinashishdi. Yoshlar o'rtasida do'stlik aloqalari o'rnatildi!

Uyushmagan yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish va bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar Navoiy viloyati bo'ylab davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon