logo
. . .


Bugunning yoshlari vatan ravnaqi yo’lidagi  islohotlarda  o’z shijoatini namoyon etgan holda faol qatnashishmoqda. Ular kimdandir taklif va tavsiyalar kutib o’tirmaydi, tashabbusni o’zlaridan boshlaydi - qo’yadi. Ichki ishlar vazirligidagi yoshlar ittifoqining ana shunday yetakchilari tomonidan 14 iyun – “Xalqaro donorlar kuni” munosabati bilan  ezgu tadbir tashkil etildi.Saxovat nuri yog’ilgan kunda  Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yosh xodimlar “Xavfsiz qon - onalar va bolalar salomatligi uchun” shiori ostida ixtiyoriy ravishda qon topshirdi.

Ma’lumki, so‘ngi yillarda qon kasalliklari, onkologik kasalliklar ko‘payishi tufayli, davolash tizimida qo‘llaniladigan donorlar qoniga bo‘lgan talab kundan-kunga ortmoqda. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu kabi gematologik kasalliklar – leykozlar, gemofiliya, aplastik anemiyalar va jarrohlik amaliyotlarini qon komponentlarisiz samarali davolab bo‘lmaydi. Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti huzuridagi Respublika Qon markazida 200 nafarga yaqin ichki ishlar organlarining yosh xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan  tadbir fidoyilarni faol fuqarolik pozitsiyasini va sog‘lom turmush tarziga ijobiy yondashuvini shakllantirishga xizmat qilib, boshqa yoshlarni ham ezgu tashabbusga chorlaydi.

- Bugungi tadbir Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yosh xodimlarning tashabbusi asosida tashkil etilib, 30 iyun – “Yoshlar kuni” bayrami arafasida bu kabi xayrli tadbirlarni Ichki ishlar organlari saflaridagi yosh xodimlar tomonidan barcha hududlarda o‘tkazish rejalashtirilgan, – deydi IIV Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi raisi mayor Xurshid Ro‘ziyev.

Bir so‘z bilan aytganda, tinchlik yo‘lida jon berishga ont ichgan yurt posbonlarining onalar va bolalar salomatligi yo‘lida qon topshirishlarini ezgu tashabbus sifatida baholash mumkin. Bu kabi  xayrli tadbirlarning keng quloch yoyishi bemorlar salomatligini tiklash yo‘lida ijobiy samara beradi.



Ulashing:

E'lon