logo
. . .


Faoliyatni tanqidiy-tahliliy o'rganishda davom etamiz!
Buxoro: Minglab yoshlar taqdiri ishonib topshirilgan Yoshlar yetakchilari yuksak ishonchni oqlayaptimi?
Xo'jako'rsinga ishlash kimga kerak...

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi tom ma'noda, yoshlarni ezgu maqsad atrofida birlashtirib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidorlarini namoyon etib, barkamol avlod bo'lib voyaga yetishishlariga ko'maklashmoqda.

O'tgan davr mobaynida yoshlar tashkilotining olib borayotgan faoliyati yoshlar orasida uchrayotgan muammolarning bartaraf etilishiga ham yaqqolroq namoyon bo'lmoqda.

Bu borada,ayniqsa, Yoshlar ittifoqining ta'lim muassasalaridagi Yoshlar yetakchilariga katta ma'suliyat yuklatilgan.

Minglab yoshlar taqdiri ularga ishonib topshirilgan. Shu o'rinda bir savol tug'iladi. Hamma yetakchilar ham mana shu yuksak ishonchni oqlayotganmikan?

Aynan mana shunday savollarga munosib javob topish maqsadida Yoshlar ittifoqining Buxoro viloyat Kengashi ma'sul xodimlari ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Buxoro bank kollejida reyd o'tkazdi.

Ta'lim muassasasiga kirgan chog'ingizdayoq O'zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkilot xonasiga ko'zingiz tushadi.

Bu yaxshi, albatta. Lekin, ta'lim muassasasida tahsil olayotgan o'quvchilar bilan Yoshlar ittifoqi, Yetakchilar Kengashi, uning yo'nalishlari to'g'risida suhbatlashganingizda ularning ko'pchiligi bu borada to'liq ma'lumotga ega emasligi yoki ba'zilari shunchaki, o'qituvchisi, Yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan Yetakchilar Kengashi a'zosiga aylanib qolganligini bilib olish qiyin bo'lmadi.

Shu bilan birgalikda, Yoshlar yetakchisining ish faoliyatida muhim bo'lgan hujjatlarning ham to'liq emasligi ta'bingizni xira qiladi.

Hali-hanuz ba'zi yoshlarning Yoshlar ittifoqi to'g'risida ma'lumotlarga ega emasligi bizning eng katta kamchiligimizdir.

Aniqlangan muammolar yuzasidan Yoshlar yetakchisi, Yetakchilar Kengashi, kollej ma'muriyati va pedagoglari bilan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Keyingi manzil Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey.



Ulashing:

E'lon