logo
. . .


Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashganlarida “Yoshlar ittifoqi yoshlarning chinakam tayanchi va suyanchi bo‘lishi lozim”, degan fikrlari mening hayotimda o‘z aksini topdi.

Bilaman, tashkilot ko‘pchilik yoshlarga yordam beryapti. Lekin menga hech kim cho'zishga jur’ati yetmagan “mehr qo‘li”ni uzatdi.

Meni, nazarimda boshqa tengdoshlarimga nisbatan hayot ko‘proq sinovlarda tobladi.

Taqdirimda “Ota-onasi qaramog‘idan chetda”, “Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi” va ko‘zimda yosh bilan unutolmaganim “Vaqtincha boshpanasiz” degan sahifalar yozildi.

Bilasizmi, men o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, bir necha yil Xiva shahridagi Bolalar uyida 2015-2017-yillarda tarbiyalandim, shundan so‘ng, Qo‘shko‘pir politexnika va tadbirkorlik kollejida o‘qishimni davom ettirdim. Belgilangan tartibga asosan, 2017-yil 2-sentabr kuni men Bolalar uyidan ro‘yxatdan chiqdim. Tengdosh do‘stlarim uyida vaqtincha yashab turdim. Ammo, menga davlat tomonidan belgilangan nafaqani olishim uchun ro‘yxatdan o‘tib, yashash joyim bo‘lishi kerakligini aytishdi.

Ana keyin yana yugur-yugur boshlandi... Bilmadim, qayerdan mening bu holatimdan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qo‘shko‘pir tumani raisi Furqat Ro‘zmetov xabar topdi...

2017-yil 13-noyabr kuni u meni o‘z uyiga olib keldi va fuqarolik pasportimga "Qo‘shko‘pir tumani Mustaqillik ko‘cha, 1-uyda yashaydi", degan yozuv paydo bo‘ldi.

Bilasizmi, men u uyga borgach, xayolimga birinchi shu fikr keldi. “Men Yoshlar ittifoqi uyiga keldim. Men Xo‘janiyozov Sulaymon yoshlar ittifoqi raisi bilan birga yashayman”.

Bu so’zlarimni hamma eshitishini xohlayman. Endi mening uyim va kelajagim bor!



Ulashing:

E'lon