logo
. . .


Yangi loyiha: “Men “Kamalak” fan olimpiadistiman”

Maktablarda o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar bilan amaliy va manzilli ishlarni boshlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi “Kamalak” fan olimpiadasi” loyihasini ishlab chiqdi.

“Kamalak” fan olipiadasi”ning starti Qo‘shko‘pir tumanining eng chekka  — O‘rtayop hududidagi maktablarda boshlandi. Olimpiada davomida ishtirokchilarga ularning past o‘zlashtiruvchi o'quvchi ekanligini ma’lum qilinmadi.

Olimpiada davomida 160 nafardan ortiq hududdagi maktablarning o‘zlashtirishi past o‘quvchilari ishtirok etdi. Eng qiziqarlisi shundaki, olimpiada ushbu o‘quvchilar o‘rtasida takroran tashkil qilinadi.

Bu esa, ularning o‘z ustida yanada tinimsiz ishlashga undaydi. Ishtirokchilarning matematika, tarix va chet tili fanlari doirasidagi bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.

2018-yil mart oyigacha davom etadigan fan olimpiada yakunlariga ko‘ra, har bir hududdan eng ko‘p ball to‘plagan 4 nafar, jami 52 nafar o‘quvchilar Samarqand shahriga bepul sayohatga yo‘l olishadi.

Qolgan ishtirokchilar esa qimmatbaho sovg‘a, diplom va faxriy yorliqlar bilan mukofotlanadi. Eng asosiysi, ushbu bolalar past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar safidan chiqariladi.

Bizningcha, ushbu loyiha yomon emas. “Kamalak” fan olimpiadasi” orqali yoshlar ittifoqining asosiy maqsadlaridan biri amalga oshsa, ajabmas.



Ulashing:

E'lon