logo
. . .


Xorazm viloyati Xonqa maishiy xizmat va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Bog‘ot, Yangiariq hamda Xonqa tumanidagi umumta’lim maktablarining Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida Bog‘ot tumanidagi 39- va 28-sonli maktablarda Yoshlar yetakchilariga 391.000 so‘m oylik maoshi berilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Bog‘ot tumanidagi 17-son, 42-son, 9-son, 35-son va 1-sonli Futbol internati, Xonqa tumanidagi 18-son, 3-sonli maktablar hamda Yangiariq tumanidagi 35-son maktabida Yoshlar yetakchilarining o‘z xonasi yo‘qligi oydinlashdi.

Bundan tashqari Bog‘ot tumanidagi 37-son, 42-son, Xonqa tumani 5-, 11-, 13-, 18-, 21-, 24-, 37-, 44-sonli maktablarda, Yangiariq tumanidagi 15-sonli maktabda kompyuter jamlanmasi yo‘qligi va bu yoshlar yetakchilarining ish faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayotgani ham ma’lum qilindi.

Ta’kidlash lozimki, maktablarda stendlar va bannerlar masalasi hali ham ochiqligicha qolmoqda.

Ya’ni, Bog‘ot hamda Yangiariq tumanidagi aksariyat maktablarda bu masala hal qilinmagan, yetakchiga ko‘mak berilmagan.

Xalq ta’limi boshqarmasi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari yuqoridagi qator muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdi.

Tabiiyki, Yoshlar yetakchilariga bo‘lgan e’tiborsizlik va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlamaslik, eng avvalo, maktabda tahsil olayotgan minglab o‘quvchilarning faoliyatida salbiy ta'sir o‘tkazadi.

Ochiq muloqotda yana qator masalalar muhokama qilindi.



Ulashing:

E'lon