logo
. . .


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466 sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 9-iyul kuni Respublika ishchi guruhi a’zolari (10 nafar) Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi.

Shu kuni Xorazm viloyati hokimligida Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan hududiy ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazilib, mazkur Farmonning mazmun-mohiyati slaydlar yordamida tushuntirildi, Toshkent shahri Chilonzor tumani hamda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida amalga oshirilgan ishlar haqidagi video lavhalar namoyish etildi. Hududiy va mahalliy ishchi guruhlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat hokimining qarori bilan 16 nafar a’zodan iborat hududiy shtab tuzilib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qoshidagi Yoshlar markazida shtab faoliyati uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Shahar va tumanlarda jami 12 ta mahalliy shtab hamda har bir tuman (shahar)da 4 ta yo‘nalish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etilib, ularga 2000 nafardan ortiq mas’ullar biriktirildi.

Barcha tumanlarda mahallalar, aholi va yoshlar sonidan kelib chiqqan holda xonadonma-xonadon yurib, yoshlar bilan suhbatlashish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari bilan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash bo‘yicha jami 137 ta ishchi guruhlar (1-yo‘nalishda) tuzildi.

10-iyul kuni viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari tuman (shahar)larga biriktirildi. Biriktirilgan vakillar tomonidan joylarda ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi.

Buning natijasida voha yoshlari o‘zlarining biznes rejalari va takliflarini berishmoqda. Shuningdek, davlat maslahatchisi Q.Quranbayev bilan yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, davlat dasturi asosida ko‘pgina yoshlarga kredit berish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

O‘rganish ishlari davom etadi...



Ulashing:

E'lon