logo
. . .


70 ming nafar yoshni birgina sport musobaqasi birlashtirganiga nima deysiz?

Xabaringiz bor, 2018-yil boshida “Yoshlar shaxmat taxtasi” an’anaviy XI Respublika ochiq turniri start berilgan edi.

Yanvar va fevral oylari davomida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda mamlakat bo‘ylab 70 mingdan ortiq yosh shaxmatchilar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarga kirishdilar.

Ahamiyatlisi, har yili 5 ta yosh toifasida o‘tkazilgan turnir bu gal 6 ta yosh toifasida sportchilarni qamrab oldi.

Xorazm viloyati “Yoshlar markazi” binosida tanlovning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bosqichlarda saralangan 144 nafar Xorazm yoshlari dona surdilar. Erta tongdan qosh qoraygunga qadar davom etgan jiddiy bahslar sportchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rganliklarini namoyon qildi.

Va nihoyat, o‘z aql kuchi bilan raqiblarini “mot” qilgan 12 nafar yosh shaxmatchi o‘g‘il-qizlar tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma olishdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining diplom, faxriy yorliq, statuetka va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.

Eng kuchlilar bahsi endi boshlanadi. “Shaxmat taxtasi” uzra yoshlar bellashuvlari davom etadi!



Ulashing:

E'lon