logo
. . .


Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashabbusi bilan “Xorijiy mamlakatlarning yoshlar bilan ishlash tajribasi” mavzusida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Amerika qo‘shma shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Koreyadagi vakillari tomonidan tayyorlangan taqdimotlari asosida tashkil etildi.

Videokonferensiyada xorijiy mamlakatlardagi yoshlar bilan ishlaydigan vazirlik va tashkilotlarning qo‘llayotgan yangi va samarali usullari o‘rganildi. Yoshlar tashkilotlarining faoliyatida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda yaratiladigan o‘zgarishlarni hayotga tatbiq etish usullarini ishlab chiqish masalalari belgilab olindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlari, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.



Ulashing:

E'lon