logo
. . .


Lavozimga Yoshlar ittifoqining mas’ul xodimi munosib ko‘rildi!

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Kengashi raisi Rustam Qobilov Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.

Rustam Qobilov Rajabboyevich 1984-yilning 8-may kuni Toyloq tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: sotsiolog, iqtisodchi.

2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

Rustam Qobilov 2017-yildan buyon O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan еdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyati va katta jamoasi Rustam Qobilovga tizimdagi fidokorona va halol mehnati uchun minnatdorlik bildiradi.

Ishonch, mas’uliyat, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash mas’uliyati muborak bo‘lsin!

Biz, sizga ishonamiz!



Ulashing:

E'lon