logo
. . .


To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandi.

Adliya vazirligida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Hujjatga ko‘ra, to‘lov-kontrakt summasining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarga to‘lab beriladi.

Buning uchun to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba:

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lishi;

— o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lishi;

—shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lashi lozim.

Har yili 10-fevraldan 15-fevralga qadar oliy ta’lim muassasasining Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.



Ulashing:

E'lon