logo
. . .


Go‘zal fazilatli, yuksak ma’naviyatli, zamonaviy fikrlaydigan, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash yoshlar ittifoqining asosiy vazifalaridan biridir.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash barobarida, ular orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy natijalarga erishilmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan muntazam ish olib borilib, tarbiyasi ijobiy tomonga o‘zgargan yoshlar Yoshlar ittifoqi tavsiyanomasi bilan profilaktik hisobdan chiqarilmoqda.

Kuni-kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi,Sirdaryo viloyat prokuraturasi va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahridagi 16-umumta’lim maktabining futbol maydonida tuman (shahar) ichki ishlar idoralarida profilaktik hisobda turgan 84 nafar voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada har bir jamoa o‘ziga xos o‘yin ko‘rsatdi. Qizg‘in va murosasiz bahslardan so‘ng 1-o‘rin Sirdaryo tumani jamoasiga nasib etdi.

2-o‘rinnni Sardoba tumani va 3-o‘rinnni Oqoltin tumani jamoalari qo‘lga kiritishdi.

G‘olib jamoalarga hamkor tashkilotlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Musobaqa davomida maxsus komissiya ishi tashkil etilib, suhbat asosida 84 nafar yoshlar orasidan 69 nafariga ro‘yxatdan chiqarish uchun tavsiyanomalar berildi.



Ulashing:

E'lon