logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tadjiyev Toshkent viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Odiljon Tadjiyev 1984-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2006-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.
O.Tadjiyev 2017-yil 5-iyul kunidan hozirga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Odiljon Tadjiyevning kelgusi faoliyatida ulkan omad va zafarlar tilaydi.



Ulashing:

E'lon