logo
. . .


O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tashabbusi bilan respublikamizdagi barcha tumanlarda ko‘p tarmoqli fermerlik faoliyatini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan olinadigan hosildorlikni oshirish, ekinlarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashishning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha “Yosh fermerlar muloqot klubi” tashkil etilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tashkil etilgan muloqot klubi orqali hududlardagi tajribali agronom va fermerlar ishtirokida yosh fermerlar uchun mahorat darslari tashkil etib boriladi.

Klubda, shuningdek, yosh fermerlar qishloq xo‘jaligida joriy etilayotgan yangi hosildor navlar, fermer xo‘jaligi yerlarining hosildorligini oshirish, o‘simlik kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro fikrlashib ishlash imkoniga ega bo‘lishadi.

“Yosh fermerlari muloqot klubi” tashkil etish loyihasi namuna tariqasida Xorazm viloyati Yangibozor tumanida joriy etildi.



Ulashing:

E'lon