logo
. . .


2017-yilning 30-iyun kuni! Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qiladigan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi.

2017-yilning sentabr oyi! “Kamalak” bolalar tashkiloti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy va mahalliy Kengashlarida, ta’lim muassasalari va ulardagi sinf hamda guruhlarda yo‘nalishlar bo‘yicha sardorlar va yetakchilar Kengashi saylovlari tashkil etildi.

Bugungi kunga viloyatda 97596 nafar Sardorlar Kengashi va 17848 nafar Yetakchilar Kengashi a’zolari bor.

Bugun Buxoro yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlar Kengashi a’zolari uchun ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi bo‘ldi.

— Maqsadimiz, — dedi O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari, "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Murod Zufarov, — Sardorlar Kengashi a’zolari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularda yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va intellektual qobliyatini rivojlantirish, Sardorlar Kengash a’zolarida yetakchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlari, erishgan yutuqlari va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishdan iborat. Ushbu ko'krak nishonlarining taqilishi ularning faoliyatga, o'ziga nisbatan mas'uliyatini ming karra oshiradi.

Marosim doirasida Sardorlar Kengashi a’zolarining faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlar ko‘rgazmasi, “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining g‘oliblari, 1- son Bolalar musiqa san’at maktabi o‘quvchilarining musiqali chiqishlari namoyish etildi.

Bolajonlar bu kunni unutmaydi!



Ulashing:

E'lon