logo
. . .


Buxoro shahridagi «Zulfiya» ko‘chasidagi yangi yo'l yoqasidan birida ikki kolodes (suv o‘rasi)ning shundoq ahvoldaligi e’tiborimizni tortdi. Bu holat piyodalar hayotiga xavf tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas. Shu hududdagi «Navro‘z» mahallasi raisiga og‘zaki murojaatimiz, «Men malaka oshirish bilan bandman... Uch kundan keyin og‘zaki murojaatga yozma javob qaytaraman», degan javob bilan xulosalandi.

Odamlarga xavf tug‘dirishi mumkin bo'lgan muammoni yechishda qog‘ozbozlikmas, tezkor amaliy ish asqotishi kun talabi ekanligini mahalla raisi tushunarmikan?!



Ulashing:

E'lon