logo
. . .


Tashkilot faoliyatini tanqidiy-tahliliy o‘rganishda davom etadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi faoliyatni tanqidiy-tahliliy o’rganishda davom etadi.

Yurtimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini yaxshilash, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Birgina kompyuterni olib ko‘raylik... Imkoniyatining chegarasi yo‘q. Ammo, yoshlar undan o‘z vaqtida, samarali foydalana olyaptimi, degan savol oldimizda ko‘ndalang turibdi.

Ma’lumki, ta’lim muassasalarining barchasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Boshlang‘ich tashkilotlari ochilgan. Malakali mutaxassislar Yoshlar yetakchisi sifatida saylangan.

Ular o‘quvchining ta’lim olishi, odob-axloqi va tarbiyasiga mas’ul ekanligi 2017-yil 30-iyundagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida shaxsan Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berildi.

Ushbu yuksak ishonchni Yoshlar yetakchilari qay darajada oqlayotganini o‘rganish maqsadida Shahrisabz shahrida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldik.

Afsuski, ba’zi noxush holatlarga duch keldik. Yetakchini topolmadik.
“Yetakchimizning tobi yo‘q edi, o‘zi zo‘r ishlaydi, yo‘q-yo‘q direktorning qarindoshi emas”, degan tanish so‘zlarni eshitdik.

Sinfxonalar imkon darajasida isitilgan.

Keyingi manzilimiz — “Kompyuter savodxonligi” xonasi bo‘ldi. Xonaga kirishingiz bilan sovuqligi, kompyuterlar to‘liq elektr energiyasiga ulanmaganligi, yaqin kunlar ichida bu yerda o‘quv amaliyoti o‘tkazilmaganligini sezish qiyin bo‘lmadi.

Bu holat yuzasidan hech kimdan, hatto, informatika fani o‘qituvchisidan ham aniq javob ololmadik.

Demak, ushbu xona faqatgina “tekshiruvchi” kelganda ochiladi.

Maktab oshxonasi ham achinarli ahvolda. Hamma narsa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Yoshlarimizning bilim olishi va ta’lim tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda bunaqa ko‘zbo‘yamachilik kimga naf, kimga zarar keltiradi?

Viloyat Kengashi raisi holat yuzasidan aniq choralarni ko‘rmoqda...



Ulashing:

E'lon