logo
. . .


Respublikamizning turli hududlarida “Yosh kitobxon“ tanlovining tuman bosqichi o‘tkazib kelinmoqda. Tanlovning saralash bosqichlarida Buxoro viloyatida 50 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, ular orasidan saralangan yoshlar tuman bosqichida 2 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

“O‘zbek adabiyoti bilimdoni“ va “Jahon adabiyoti bilimdoni“ shartlarida ishtirokchilarning kitob o‘qish va uning mazmun-mohiyatini anglash borasidagi bilimlarini namoyish etishdi. Ishtirokchilar va hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida savollar konverti ochildi va savollar ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.

Ishtirokchilarning shartlar bo‘yicha javoblari tanlov nizomi asosida baholab borildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 10-14 yosh toifasida 1-o‘rinni Nodira Raxmitdinova, 2-o‘rinni Sabrina Ne’matullayeva, 3-o‘rinni Zarina Alimurodova, 15-19 yosh toifasida 1-o‘rinni Dilnavoz Anasova, 2-o‘rinni Nigora Raxmitdinova, 20-30 yosh toifasida esa 1-o‘rinni Dilafro‘z To‘rayeva, 2-o‘rinni Nafisa Rustamova, 3-o‘rinni Orzu Baratovalar qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.



Ulashing:

E'lon