logo
. . .


Kechagina yoshlar o‘rtasida mutolaa muhitini yaratish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning intellektual bilimlarini va ma’naviy saviyasini oshirish, adabiyotning mo‘jaz olamiga olib kirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovining Buxoro shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Murakkab shartlar, qizg‘in bahslardan so‘ng “Yosh kitobxon” tanlovining shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Natijalarga ko‘ra,10-14 yosh toifasida Durdona Jamolova, 15-19 yosh toifasida Bahriddin Rafiqov, 20-30 yosh toifasi bo‘yicha esa Lola Ahmadovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

Uch yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.



Ulashing:

E'lon