logo
. . .


Yoshlarning aqliy salohiyati, ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltirishda kitobning o‘rni beqiyos. Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish, ayniqsa yosh avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Binobarin, “Yosh kitobxon” tanlovi ham yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitob bilan hamnafas bo‘lishga barchani undadi.

Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasi doirasida 175 nafar, 15-19 yosh toifasida 212 nafar, 20-30 yosh toifasida esa 102 nafar yoshlar qatnashdi.

Ularning 40 nafari uy bekalari bo‘lsa, 3 nafari esa imkoniyati cheklangan yoshlardir. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu tanlov barcha yosh qatlamini qamrab olmoqda.

Eng quvonarlisi, tanlovning 20-30 yosh toifasida Navoiy shahar bosqichi mutlaq g‘olibi – uy bekasi Feruza Hamroqulova bo‘ldi.

Endi g‘oliblar “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichiga tayyorgarlik ko‘radilar...



Ulashing:

E'lon