logo
. . .


Bugun ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lgan yoshlarimiz talaygina. Ular ko‘plab yangilik va ma’lumotlarni aynan ijtimoiy tarmoqlardan olishadi. Yoshlar ittifoqi ham faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlarni saytlar, sahifa va kanallar orqali havola etib kelmoqda.

Yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni arafasida, shuningdek faoliyat doirasidagi jarayonlarni sifatli, tezkor aniq xabarlar orqali kengroq ommaga tarqalishini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohida” respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 150 nafar yosh reportyorlar uchun media oromgoh tashkil etildi. Oromgohda o‘tkazilgan o‘quv seminarlarida ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislardan Sanjar Said, Muxrim A’zamxo‘jayev, psixolog Go‘zal Ro‘zmetova hamda telejurnalist, notiq Rahimboy Jumaniyozovlar yosh reportyorlar uchun mashg‘ulotlar o‘tishdi.

 

  • Biz uchun o‘tilgan seminarlarda Nargiz Qosimova hamda Shuxrat Sattorovlar qiziqarli hamda kerakli ma’lumotlarni o‘z tajriba va amaliyotlaridan kelib chiqqan holda tushunarli qilib o‘tib berganliklari juda yoqdi. Shu kungacha ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat doirasidagi ma’lumotlarni joylab kelganmiz, lekin yangi olingan qo‘shimcha bilimlarimiz kelgusida tezkor, aniq va ishonchli eng asosiysi, qiziqarli qilib yetkazib berishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerakligini o‘rganib oldik, – deydi Toshkent viloyati 39- umumiy o‘rta ta’lim maktabi yetakchisi Nozima Gafurova.
  •  

Uch kunlik mashg‘ulotlar davomida yosh reportyorlar amaliy hamda nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi. Seminar yakunida yosh reportyorlar uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

Shoira OXUNJONOVA



Ulashing:

E'lon