logo
. . .


Bayram munosabati bilan  Yurtboshimiz tashabbuslari ostida e’lon qilingan dam olish kunlaridan  namanganlik yoshlar unumli foydalanishdi. Viloyatning Chust, Yangiqo'rg'on va Uchqo'rg'on tumanlari yoshlari ko’hna va navqiron Samarqand shahriga  sayohat qildilar.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur sayohatda yoshlar “Go’ri amir”, ”Bibixonim”, “Shohi Zinda”, “Xo’ja Doniyor” “Ulug’bek rasadxonasi” kabi qadimiy obida va qadamjolar bilan yaqindan tanishdilar.

–Ayniqsa, sayohatimiz davomida Birinchi Prezidentimizning qabrlarini ziyorat qilish imkoniga ega bo’lganimizdan mamnun bo’ldik,– deydi sayohat ishtirokchisi Abdulaziz Yaxyoyev. Shuningdek, yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar tufayli barcha ishtirokchilar miriqib dam olish va qadim Samarqand tarixi haqida oz bo’lsa-da ma’lumot olish baxtiga muyassar bo’ldilar.

 2 kun davom etgan sayohatda namanganlik 84 nafar yosh sayyohlar istiqlolimiz shodiyonalarini maroqli va unutilmas tarzda nishonladilar.  Ularning yoshlik sahifalariga Samarqand xotiralari o’z mo’jizalari bilan mustahkam muhrlandi.   



Ulashing:

E'lon