logo
. . .


 2018-yilning 14-aprel kuni “Yosh vatandoshlar” festivali Buxoroda davom ettirildi. Dastavval, O’zbekiston yoshlar ittifoqi  Buxoro shahar Kengashi  Yoshlar  markazida yosh vatandoshlarimizning  buxorolik yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar ushbu viloyat iqtisodiyoti va sanoatini  rivojlantirishga oid fikr-mulohazalar yuritishdi.

Shuningdek, yosh vatandoshlarimiz mavzuga bog’liq taklif- tavsiyalari hamda loyihalari bilan tashabbus ko’rsatishdi. Uchrashuv davomida festival ishtirokchilari tomonidan yoshlar uchun mahorat darslarini o’tildi.

Yosh vatandoshlarimiz Dastur xaritasi bo’ylab qadimiy Buxoroning diqqatga sazovor joylaridan bo’lmish “Ark” qal’asi va “Minorai Kalon” masjidlariga tashrif buyurishdi.

 Bundan tashqari, Buxoro shahrining  “Mirzo Xait” ko‘chasida Xalq sayillari tashkil etildi. Unda milliy va sport o‘yinlari, folklor jamoalarining chiqishlari, dorbozlar chiqishlari tomosha qilinib, milliy taomimiz  sumalak tayyorlandi. Ushbu kun  boy mazmun kasb etib, xalqimizning boy tarixiy madaniy merosini yaqqol ifoda etdi.

Ayniqsa, “Devonbegi” madrasasidagi “Milliy taomlar” festivali katta-yu kichikni o’ziga jalb qildi.  Bayramona kayfiyat ulashgan mazkur festival yosh vatandoshlarimizning hech birini befarq qoldirmadi. Xususan, Finlyandiyaning Xilsinki shahridan tashrif buyurgan yosh vatandoshimiz Komila Sultonovani ham.

– Men asli Qarshi shahridanman, lekin 16 yildirki, Skandinaviyadaman. Tashrifim davomida zamonaviy O‘zbekiston bilan yaqindan tanish baxtiga muyassar bo’ldim. Mahalliy yoshlar madaniyatini yaqindan o‘rganib, ta’lim sohasida o‘z bilimlarim bilan o‘rtoqlashishga ham ulgurdim. Faoliyatim doirasida yoshlar uchun vebinarlar, sammitlar, mahorat maktablari tashkil qilish bilan shug’ullanib keldim.  Festival davomida o‘zbekistonlik o‘qituvchilarni ham onlayn internet ta’limiga taklif qildim.

Shaxnoza Nurullayeva

 



Ulashing:

E'lon