logo
. . .


Yosh avlodni vatanga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlari ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan “Yoshlar-kelajak bunyodkori!” shiori ostidagi “Yoshlar festivallari”ning Qashqadaryo viloyat bosqichi Qarshi san’at kolleji konsertlar zalida bo‘lib o‘tdi.

Festivalning mahalliy bosqichlari mart-aprel oylarida o‘tkazilgan bo‘lib, bugun o‘tkazilgan viloyat bosqichida tuman va shaharlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 205 nafar iste’dod egalari o‘zaro bellashdi.

– Estrada yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim, – deydi Poyonova Feruza. – Saralash bosqichlarida haqiqiy iste’dod vakillari tanlab olinganini bugungi qizg‘in va murosasiz bellashuvdan ham anglab olish qiyin emas. Festivalning Respublika bosqichida ham o‘z iste’dodimni namoyon etib, viloyatimizga g‘alabalar bilan kelish niyatidaman.

Tanlovning viloyat saralash bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar hamda festivalning Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi.



Ulashing:

E'lon