logo
. . .


Joriy yilning 14 aprel kuni Parkent tumani Bolalar musiqa va san’at maktabida “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ning tuman bosqichi bo‘lib o'tdi.

Festival doirasida “Yosh qo‘shiq ijrochilari” tanlovi o'tkazilib, unda 114 nafar ishtirokchi o'z ijro mahoratini ko’rsatdi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

“Yoshlar cholg‘u ansambllari va orkestrlari” tanlovida esa 18 ta ansambl va orkestr jamoalari o'zaro bellashdilar.

Tuman miqyosida o'tgan mazkur tanlovlar g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi joriy yilning 28 aprel kuni go‘zal Kumushkon qishlog‘ida “Hazrati Ali buva” ziyoratgohida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Shuningdek, shu kuni “Yoshlar oqshomi” shou-dasturi doirasida sayl va gala konsert o'tkazish rejalashtirilgan.



Ulashing:

E'lon