logo
. . .


Yoshlar yetakchisining navbatdagi manzili — Farg`ona viloyat “Kamalak” bolalar o`quv markazi bo’ldi.

Markazda bugungi kunda 15 dan ortiq to`garak faoliyat olib bormoqda. Ularda 1400 nafar yoshlar bepul ta`lim olishmoqda. Markazda barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, ularning hammasi yoshlar xizmatida.

Bugundan boshlab chevarchilik va raqs to`garaklari ham o`z faoliyatini boshladi.

To`garaklarning ochilish marosimida ishtirok etgan O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev to`garak rahbarlariga o`z takliflarini bildirdi.

— Asosiy maqsadimiz — yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to`garaklarga jalb qilish hisoblanadi. Bugundan o`z faoliyatini boshlagan chevarchilik va raqs to`garaklariga ham ko`plab yoshlarimiz qiziqish bildirgan edi, — dedi markaz direktori Temur Abdulkadirov. — Biz ularning takliflarini o`rganib chiqib qisqa muddatda barcha sharoitlarga ega xonalar ajratib, kerakli jihozlar bilan ta’minlab, faoliyatini yo`lga qo`ydik.

Yoshlar yetakchisi raqs to`garagi uchun zamonaviy ovoz kuchaytirgich moslamalari, chevarchilik xonasi uchun tikuv mashinalari ajratilishini ma’lum qildi.



Ulashing:

E'lon