logo
. . .



Bugun yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular o‘rtasida karting sport turini rivojlantirish maqsadida “Lakomativ-Anhor” karting markazida “Gran Pri AXELON” turniri tashkil etildi. 



Mazkur karting-turnirida Toshkent shahridan 150 nafar sportchi yoshlar ishtirok etdi.

Turnir ishtirokchilari yosh kategoriyalari bo‘yicha 
3 toifada (12-15, 16-20 hamda 21-30) o‘tkazildi.


Barcha kategoriyalar bo‘yicha g‘oliblar ikki tomonlama tasdiqlangan Nizom talablariga asosan aniqlandi. 

G‘oliblarga karting-turnirining maxsus diplom va estalik sovg‘alari, shuningdek, turnirda faol ishtirok etgan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.



Ulashing:

E'lon