logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Prezidentimizning 2017-yil 6-dekabrdagi Farmonlari ijrosi yuzasidan qanday amaliy ishlarni boshladi?

Dastlab Yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarida jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish yuzasidan Shtablar tashkil etildi.

Avf etilgan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy va mahalliy kengashlari qoshida bepul ta’lim va sport to‘garaklari tashkil etilmoqda, shuningdek, har bir yosh bilan olib borilayotgan ishlar kunlik muhokama qilinib borilmoqda.

Avf etilib, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan yoshlarni keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishda amaliy yordam berish hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tegishliligi bo‘yicha 14 ta hududiy Kengash raislari, tuman (shahar) kengash raislari hamda afv etilgan yoshlar istiqomat qilayotgan mahallalarda joylashgan ta’lim muassasalarining 254 nafar yoshlar yetakchilari afv etilgan har bir yoshlarga kafil sifatida mas’ul etib biriktirildi.

Mas’ul etib biriktirilgan yoshlar yetakchilari ishtirokida har bir avf etilgan yoshlarning holidan xabar olish, sog‘ligini qayta tiklash hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari D.Kattaxanova hamda Markaziy Kengash bo‘lim mudirlari A.Alimov, A.Aslanovlar ishtirokida Sirdaryo viloyatida avf etilgan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati tomonidan berilayotgan rasmiy topshiriqlarning Sirdaryo viloyatidagi ijrosi holatlarini o‘rganish yuzasidan monitoring olib borilmoqda.

Birgina misol... Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli muassasalarda jazo muddatini o‘tab asosiy jazodan ozod qilishga tavsiya etilib, afv qilingan - Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Olg‘abos MFY, Ko‘ktepa ko‘chasi, 27-uyda istiqomat qiluvchi 1996 yilda tug‘ilgan Ismoilov Jaloliddin O‘ktamovichning holidan xabar olindi.

Natijada, Ismoilov Jaloliddinning xohishiga ko‘ra, Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga 2-kursga o‘qishi qayta tiklandi. Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha imtiyozli kredit olib berildi.

Ta’kidlash joizki, yuqoridagi mexanizmlar avf etilgan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish uchun o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Qolaversa, ishchi guruh a’zolari bir qator ta’lim muassasalarining Boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati bilan ham tanishib, amaliy ko‘mak bermoqda.

O‘rganishlar davom etadi.



Ulashing:

E'lon