logo
. . .


Soatbek Soyibjonov Andijon viloyati, Baliqchi tumani, O‘rtaqo‘rg‘on mahallasi, Ulug‘bek ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiladi. 1993 yil 22 fevralda tug‘ilgan. Soyibjonov Soatbek 2014 yildan 2016 yilga qadar Baliqchi tuman “Ulug‘bek” shaxobchasida ombor hisobchisi vazifasida ishlagan.

Joriy yilning noyabr oyida unga nisbatan “Ulug‘bek” shahobchasi omboridan kamomat aniqlanganligi bois, Jinoyat kodeksini 167-moddasi bilan hujjatlarni soxtalashtirish aybi qo‘yilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu jinoyat ishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Baliqchi tuman Kengashi Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudiga murojaat qilib, sud jarayonida ishtirok etishni so‘radi. Murojaat qondirildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Baliqchi tuman Kengashining tavsiyasiga, amaldagi qonunlarga tayangan holda, Yoshlar ittifoqining kafilligi ostida Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tuman sudi Soatbek Soyibjonovga yengillashtirilgan intizomiy jazo chorasini qo‘lladi.

— O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hozirgi kunda yoshlarning dardi, g‘am - qayg‘ulari va muammolarini hal yetishga qodir tashkilot ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. — Xatolarimni tuzataman. Ishonchni oqlayman. Prezidentimizga ming rahmat. Endi faqat halol ishlab, halol yashayman, — dedi Soatbek Soyibjonov.

Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida Respublika bo‘ylab 100lab yoshlar muqarrar jazodan ozod etilmoqda.



Ulashing:

E'lon